2021 yil 22-iyunda Oʻzbekistondagi eng yirik axborot sayti kun.uz va azon.uz mustaqil portali oʻz maqolalari uchun jarimaga tortilganidan soʻng, toʻsatdan yangiliklar chop etishni toʻxtatdi. Bu holat internet foydalanuvchilari orasida xavotir va asoslanmagan taxminlarni keltirib chiqardi.
Vazifa
Qo'llab-quvvatlovchilar uchun internetdagi begona va turli xil suratlar o'rniga, yagona ramziy simvol ishlab chiqish.
G'oya
Quyosh tutilishi jarayonini ifoda etib, yaqin orada yana kun yorishini ko'rsatuvchi belgi ishlab chiqildi. Belgida "OAV yasha!" shiori ishlatildi. Foydalanuvchilar OAV so'zi o'rniga o'zlari istagan matnni qo'yishlari mumkin edi. OAV yasha; kun.uz yasha; azon.uz yasha; Jurnalist yasha va hokazo.
Faoliyat turi: OAV
Bajarilgan xizmatlar turi: Logotip tuzish Shior ishlab chiqish Digital kampaniya
Media platformalar: Digital
E'lon qilingan vaqt: 22-iyun, 2021-yil
Samarador loyihalar amalga oshirishga tayyormiz. Bizga bog'laning: