Brend: Texnomart Sana: Noyabr, 2023 Xizmatlar: Reklama Kampaniyasi
Vazifa
Texnomart uchun 0-0-12 aksiyasini e'lon qilish.
Tadqiqot
Izlanishda shu kelib chiqdiki, insonlarda rassrochkaga ishonch yo'q. Ularning fikricha texnikani naqd pulga olgan yaxshi. Chunki, naqdaga olsam arzonroq bo'ladi deb o'ylashadi. Shuning uchun, insonlar pul yig'ib bo'lsada texnikani naqd pulga olishni afzal ko'rishadi.
Mijozlar bilan intervyulardan iqtiboslar:
— Naqdga olsam arzonroq bo'ladi. rassrochka qimmat.
— Pulim yetadi, rassrochkani nima qilaman.
— Rassrochka bu puli yetmaganlar uchun.
Yechim
Muammoni "Aqlli xarid" g'oyasi orqali kreativ yo'l bilan hal qilish:
Odamlarga yuqori sifatli texnikani boshlang'ich to'lovsiz, o'z narxida 12 oyga bo'lib to'lashga olish mumkinligini, pulni esa boshqa muhimroq: sayohat, to'y, o'qish kabi ehtiyojlarga yig'ish aqlliroq yechim ekanligini kreativ rolik va billboardlar yordamida ochib berish.
Keyin bu bannerlar bir qancha telegram kannalarda tarqaldi
va muhokamalarga sabab bo'ldi.
Samarador loyihalar amalga oshirishga tayyormiz. Bizga bog'laning: