Azbi Coffee

uchun brending

Brend: Azbi Coffee
Loyiha: kofe tayyorlash nuqtalari
Sana: Aprel, 2024
Xizmatlar: Logotip, brend Identifikatsiyasi
Loyiha
Azbi bu o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish orqali tez va sifatli kofe tayyorlash imkonini beruvchi kofe nuqtalari
Tadqiqot
Biz kofe nuqtasining dizaynini ishlab chiqishda mijoz tajribasiga alohida e’tibor qaratdik. Kofe tayyorlash jarayoni chapdan o‘ngga qarab tartiblangan, bu esa bir vaqtning o‘zida bir mijoz kofega qo‘shimchalar qo‘shayotgan paytda, boshqa mijoz uchun yangi kofe tayyorlashni qulay va tez amalga oshirish imkonini beradi.
G'oya
Azbi coffee uchun ishlab chiqilgan slogan: "Bir zumda xushbo'y va tabiiy qahva," mijozlarga tez, tabiiy va sifatli qahva tayyorlanishini yetkazadi.
Yechim
Biz brend uchun umumiy logotip va firma uslubini ishlab chiqdik. Logotipda "A" harfi kofe siluetini ifodalaydi, logotip yozuvi esa tabiiy kofeni aks ettirish maqsadida perpendikulyar va parallel chiziqlar asosida taxrirlangan bo'lib, arxitekturadagi bionika uslubini eslatadi.
G'oya
Azbi stakanlariga "stakandan xabar" shaklida messejlar yozdik, masalan, "kofeni ichib bo'lib meni 🗑ga tashlab keting🥺," bu orqali shahar tozaligiga hissa qo‘shishga undadik va stakanlarni har joyga tashlab ketish odatini kamaytirishni maqsad qildik..
Samarador loyihalar amalga oshirishga tayyormiz. Bizga bog'laning:
+998 33 605 6005
hulkartemirikova@605agency.uz
Toshkent sh., Zulfiyakhonum ko'chasi, 12