Frotterizm (jamoat transporti yo'lovchilariga yashirin tegajonlik qilish) muammoasi O'zbekistonda tabu holatida. So'rovnoma natijasida, 40% respondent frotterizm holatiga guvoh bo'lganini aytgan. Muammo shundaki, ko'rib turib ham hech qanday yordam qo'li cho'zilmaydi va jabrlanuvchi bu holat haqida jar solish o'rniga undan uyaladi.
Vazifa
Ayollarning huquqi va xurmati yuzasidan, muammoga e’tiborni jalb etuvchi kampaniya ishlab chiqish. - Aziza Umarova.
Yechim
Faollar bilan birgalikda tadqiqotlar o'tkazildi. Yo'lovchilar eng ko'p foydalanadigan yo'lkira chiptasidan reklama sifatida foydalanishga qaror qildik.
O'zbekiston tarixida birinchi bor yo'lkira chiptasi dizayni va xabarlari o'zgardi. Endi shaharning barcha transportlarida chiptada frotterizm muammosi va nima qilish kerakligi haqida ma'lumot yozilgan.
Undan tashqari e'tiborni jalb qiluvchi reklama , sayt, ijtimoiy tarmoq sahivalari va video-rolik ishlab chiqildi.
Ko'proq yechim
Biz gʻoyani davom ettirgan holda, Toshshahartrans jamoasi, Mashav fondi va ijtimoiy faol Aziza Umarova bilan birga maxsus aksiya o’tkazdik.
Aksiya uchun tarqatma materiallar, bannerlar va kiyim dizaynlarini ishlab chiqdik.
Tadbirda Isroil elchisi Zehavit ben Hillel, Transport boshqarmasi raisi Anvar Joʻrayev ishtirok nutq so’zladilar va birgalikda avtobuslarda informatsion flaerlar tarqatdik.
Hodisani tasvirga olib, OAV va Televidenieda chiqish orqali PR kampaniya oʻtkazdik.
Natija
4,500,000+ qamrov 80,000,000 tarqatilgan chipta 3 ta qo’shni mamlakat OAVlarida chiqish
Hamkor: Mashav agentligi Toshshahartransxizmat
Faoliyat turi: Jamoat transporti
Bajarilgan xizmatlar turi: Tadqiqot o'tkazish Kreativ reklama ishlab chiqish Kreativ rolik ishlab chiqish Suratga olish nazorati Veb-sayt tuzish nazorati Flaer dizayni Poster dizayni SMM
Media platformalar: Digital Jamoat Transporti Joylardagi TV ekranlar
E'lon qilingan vaqt: 25-noyabr, 2021-yil
Samarador loyihalar amalga oshirishga tayyormiz. Bizga bog'laning: