605 Agency – bu bizneslarga kreativ yechim beruvchi agentlik.
Biz 2021-yildan buyon brendlar bilan birga ishlaymiz, muammolarni hal qilamiz va shu orqali odamlar hamda atrof-muhitni yaxshilikka o‘zgartirishga harakat qilamiz. O‘tgan uch yil davomida bir qator muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib, yutuqlar qo‘lga kiritdik va boy tajriba orttirdik.
Oxirgi yil biz uchun burilish davri bo‘ldi. O‘z strategiyamizni yangilab, yo‘nalishimizni aniqladik va ortiqcha loyihalardan voz kechdik. Natijada bizning ishlarimiz xalq orasida tilga tushdi, xalqaro sahnalarda e’tirof topdi, Jolbors festivalidan kumush va bronza bilan qaytdik, TAF! 2024 va 2025'da esa “Yil Agentligi” deb tan olindik.
Bugun 605 – bu oddiy qishloqlarda ulg‘aygan, tandir noni va ariqlar suvini tatib ko‘rgan, dunyo kezib, soha ustalaridan bilim olgan, xalqaro kompaniyalarda tajriba orttirgan va endi bir jamoada yig‘ilgan ijodkorlarning uyidir. Biz samimiyatni professionallik bilan birlashtirib, bozorga oddiy reklama emas, balki duv-duv bo’ladigan kreativlanri taqdim etamiz.