|
Biznes muammolariga yechim topamiz
Tadqiqotga asoslanib
Biz hech qachon “shunchaki” ishlamaymiz. Avval kompaniya, raqobatchilar, auditoriya va boshqa jabhalarni chuqur o‘rganib, eng to‘g‘ri strategiyani tuzamiz.
Boshqalardan ajralib
Bozor reklamalarga to‘lib ketgan. Biz esa raqobatchilarni tahlil qilib, loyihangizni odatiy shovqindan ajralib turadigan darajaga olib chiqamiz.
Ikki taraf manfaatlarini birdek ko‘zlab
Yechimlar auditoriya uchun foydali va biznes uchun manfaatli bo'lishi kerak deb ishonamiz. Ish yuritishda ikki taraf manfaatlarini birdek ko'zlaymiz.
Biz haqimizda
605 Agency – bu bizneslarga kreativ yechim beruvchi agentlik.
Biz 2021-yildan buyon brendlar bilan birga ishlaymiz, muammolarni hal qilamiz va shu orqali odamlar hamda atrof-muhitni yaxshilikka o‘zgartirishga harakat qilamiz. O‘tgan uch yil davomida bir qator muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib, yutuqlar qo‘lga kiritdik va boy tajriba orttirdik.
Oxirgi yil biz uchun burilish davri bo‘ldi. O‘z strategiyamizni yangilab, yo‘nalishimizni aniqladik va ortiqcha loyihalardan voz kechdik. Natijada bizning ishlarimiz xalq orasida tilga tushdi, xalqaro sahnalarda e’tirof topdi, Jolbors festivalidan kumush bilan qaytdik, TAF! 2024’da esa “Yil Agentligi” deb tan olindik.
Bugun 605 – bu oddiy qishloqlarda ulg‘aygan, tandir noni va ariqlar suvini tatib ko‘rgan, dunyo kezib, soha ustalaridan bilim olgan, xalqaro kompaniyalarda tajriba orttirgan va endi bir jamoada yig‘ilgan ijodkorlarning uyidir. Biz samimiyatni professionallik bilan birlashtirib, bozorga oddiy reklama emas, balki duv-duv bo’ladigan kreativlanri taqdim etamiz.
Yo'nalishlar
Ishlarimizdan ayrimlarini ko'ring
    Hamkorlarimiz

    Umumiy maqsadga erishish uchun, ishlarni hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshiramiz.


    Samarador loyihalar amalga oshirishga tayyormiz. Bizga bog'laning:
    +998 33 605 6005
    hulkartemirikova@605agency.uz
    Toshkent sh., Zulfiyakhonum ko'chasi, 12