Najot - Obro'? Ta'limda

Brend: Najot Ta'lim
Loyiha: Banner
Sana: Dekabr, 2022
Xizmatlar: Reklama kampaniyasi
Vazifa
Najot Ta'lim - zamonaviy kasblar o'rgatiladigan o'quv markaz.
O’tgan yili o'quv markaz vodiyda fillial ochdi. Undan avval markaz rahbariyati bizga murojaat bilan chiqishgan edi.

Najot Ta'limni Toshkentda ko’pchilik taniydi ammo vodiyda deyarli taniqli emas. Yaqin kunlarda onlayn platforma va vodiyda filial ochiladi. Ungacha esa brend taniqliligini oshirish kerak.
Tadqiqot
Biz nafaqat vodiydagi balki butun O'zbekistondagi yoshlarni o'rganib chiqdik. Va natijada yoshlar muvaffaqiyatni ta'limdan ko'ra boshqa manbaalar: tanish bilishlar, hashamatli uy, obro', dang'illama to'y, diplom, chet elga qora mehnatga ketish bilan bo'glashini kashf etdik.
G'oya
Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqib, Najot Ta’limga ikki qismga bo’lingan kampaniyani taklif etdik.
Birinchi qismda brend nomi tilga olinmagan xabar bilan chiqamiz. Kampaniyaning ikkinchi qismida esa avvalgi xabar aslida Najot Ta’limning reklamasi ekanligini ochiqlaymiz.
Yechim
Birinchi qismda bannerlarda quyidagi savollar paydo bo'ldi: Najot - Diplomda?, Najot - Surishda?, Najot - "Tanka"da?, Najot - Hashamatli Uyda?, Najot - Obro'da?, Najot - Dang'illama To'yda?
Bu bannerlarda biz odamlarga najot aslida nimada ekanligini o’ylab ko’rishni taklif qildik.
Shundan keyin biz kampaniyaning ikkinchi qismini e’lon qildik. Va bannerlarda najot aslida nimada ekanligini ko'rsatdik: Najot - Diplomda? Ta'limda, Najot - Surishda? Ta'limda, Najot - "Tanka"da? Ta'limda, Najot - Hashamatli Uyda? Ta'limda, Najot - Obro'da? Ta'limda, Najot - Dang'illama To'yda? Ta'limda

Bu kampaniyada biz ham najot nimada ekanligini ko’rsatdik, ham brend nomini reklama qildik - Najot Ta’lim.
Natija
Keyin bu bannerlar bir tiyin to’lovsiz deyarli barcha katta telegram kanallarda tarqalib ketdi. Odamlar rostan bu haqida o'ylab ko'rishni boshladi.

Keyin xatto birinchi bannerlar kimlargadir yoqmadi va bannerlarimizni yechib tashlashdi. Va shu hodisa ham zudlik bilan kanallarda tarqaldi. Yana bir tiyin to’lovsiz.
Kontaktlar
Qiziqarli loyihalar yoki loyihalarni qiziqarli qilishga doim ochiqmiz!
+998 97 784 00 58
605agency@gmail.com
Toshkent sh., Kichik Halqa Yo'li, 2A