Brend: mijoz Loyiha: ijtimoiy loyiha Sana: Iyul, 2024 Xizmatlar: Reklama kampaniyasi
Vazifa
So‘nggi yillarda O‘zbekistonlik yosh onalar o‘rtasida emizish ko‘rsatkichlari borgan sari kamayib ketayotgani aniqlandi.
Tadqiqot
6 oygacha go‘dakni ona suti bilan ozuqalantirish bolaning immunitetini hosil bo‘lishiga va ko‘pgina kasalliklardan saqlanib qolishiga yordam beradi.
Yechim
Haftalik boshlanishidan oldin Toshkent ko‘chalarida led ekranlarga "Onasini emsin/ Bu so‘kinissh so‘zi emas, shifokor tavsiyasi" yozuvli tizerlar chiqardik. So'ngra "Bola 6 oylikgacha hech qanday qo‘shimchalarsiz onasini emsin" xabarini chiqardik. Parallel tarzda O‘zbekistonning eng yirik supermarket tarmog‘i “Korzinka”da “ona suti” nomli qutilarni joylab chiqdik. Bu qutilarda ona sutining foydalari haqida batafsil yozib, ichida tug‘ilgan bola nomidan onasi uchun xatni (murojaatnoma) joyladik. Bu qutilar respublika bo‘ylab bir qancha poliklinika va tug‘ruqxonalarga ham tarqatildi. Shuningdek, respublika ginekologiya markazining homilador ayollarni qabul qiluvchi ultratovushli moslamada jajji go‘dak nomidan ovozli xabarlar qo‘yib eshittirildi. Barcha murojaatlarda farzand onasidan uni 6 oygacha o‘z suti bilan oziqlantirishini so‘rab o‘tgan.
Natija
Media byudjeti: 0 so'm Qamrov doirasi: 15 000 000 dan ortiq Ulashish, like va kommentar: 1 500 000 dan ortiq
Samarador loyihalar amalga oshirishga tayyormiz. Bizga bog'laning: