Brend: Najot Ta'lim Loyiha: Ijtimoiy loyiha Sana: Avgust, 2024 Xizmatlar: Reklama kampaniyasi
Muammo
Shaharning go'zalligini ba'zida didsiz va sifatsiz bannerlar to'sib, unga putur yetkazadi. Biz shaharga yanada husn baxsh etish maqsadida "Atrofingni o'zgartir" festivalini tashkil qildik
Yechim
Shahar bo'ylab qovun tushirib qo‘ygan dizaynerlarning qilgan ishlari tagida: "Dizayner qovun tushiribdi" — yozuvli haqiqiy qovunlarni qoldirdik. Ushbu noodatiy kommunikatsiyaning maqsadi — “Atrofingni o‘zgartir!” nomli dizayn festivaliga kichik bizneslarni va dizaynerlarni jalb qilish.
Shahar fasadlarini ko‘rkamlashtirish maqsadida festivalga ariza topshirgan dizaynerlarga "qovun tushirilgan" dizaynlarni yaxshilash vazifasi berildi.
Bu bannerlar keyinchalik bir nechta Telegram kanallarida tarqatildi va munozaralarga sabab bo‘ldi.
Samarador loyihalar amalga oshirishga tayyormiz. Bizga bog'laning: