Texnomart*

*rad etib bo'lmas taklif

Brend: Texnomart
Sana: Avgust, 2024
Xizmatlar: Reklama kampaniyasi
Muammo
Texnomart, O'zbekistondagi eng yirik maishiy texnika do'konlaridan biri, yoz mavsumida mijozlar soni sezilarli darajada kamayadi.
Yechim 1
O'zbekistonda to'ylarga katta ahamiyat berilganligi, odatda minglab odamlar kelishi inobatga olinib, Texnomartning 16 yillik "Tug'ilgan kun sotuvlari"ni "To'y sotuvlari"ga aylantirdik. Bu orqali hech kim kelishni e'tibordan chetda qoldirmasligi uchun oddiy "to'y" taklifnomalaridan foydalandik va odamlarni do'konlarga shaxsan taklif qildik.
Yechim 2
Shuningdek, taklifnomalarni reklama bannerlariga joylashtirib, influencerlar uchun ularni mahalliy usulda — tugunda yubordik. Biz haqiqiy "to'y" tajribasini yaratishga e'tibor qaratdik: do'konlarni to'ylardagidek bezatdik, maxsus to'y eshikboni, ya'ni hassakashni yolladik, xodimlar uchun maxsus forma yaratdik va mahalliy karnay-surnaychilar bilan hamkorlik qildik. Natijada, odamlar do'konlarga oqib keldi, hattoki asosiy raqobatchimiz ham buni e'tiborsiz qoldirmadi.
Texnomart
To'y sales
Samarador loyihalar amalga oshirishga tayyormiz. Bizga bog'laning:
+998 33 605 6005
hulkartemirikova@605agency.uz
Toshkent sh., Zulfiyakhonum ko'chasi, 12