Azbi Coffee uchun brending

Vazifa
Biz kofe nuqtasining dizaynini ishlab chiqishda mijoz tajribasiga alohida e’tibor qaratdik. Kofe tayyorlash jarayoni chapdan o‘ngga qarab tartiblangan, bu esa bir vaqtning o‘zida bir mijoz kofega qo‘shimchalar qo‘shayotgan paytda, boshqa mijoz uchun yangi kofe tayyorlashni qulay va tez amalga oshirish imkonini beradi.


Yechim
Biz brend uchun umumiy logotip va firma uslubini ishlab chiqdik. Logotipda "A" harfi kofe siluetini ifodalaydi, logotip yozuvi esa tabiiy kofeni aks ettirish maqsadida perpendikulyar va parallel chiziqlar asosida taxrirlangan bo'lib, arxitekturadagi bionika uslubini eslatadi.
Azbi stakanlariga "stakandan xabar" shaklida messejlar yozdik, masalan, "kofeni ichib bo'lib meni 🗑ga tashlab keting🥺," bu orqali shahar tozaligiga hissa qo‘shishga undadik va stakanlarni har joyga tashlab ketish odatini kamaytirishni maqsad qildik..

DUV-DUV BO'LISHGA TAYYORMISIZ?
BIZ BILAN BOG'LANING:
+998 33 605 6005
Tashkent shahri,
 Zulfiyaxonim ,12
© 2025 605 Agency